U-20 JCH. S.Arabistoni 2:0ga yuta turib, 3:4 hisobida yutqazdi va boshqa natijalar bilan ham tanishing

Eldor Akmurzayev
29 may 2019, 01:30
Futbol bo'yicha 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatining bugungi bahslaridan so'nggi ikkinchi tur o'z yakuniga etdi.

Demak, E guruhida Fransiya termasi Panama ustidan zafar quchib, keying bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa S.Arabistoni vakillari Maliga imkoniyatni boy (3:4) berdi. Qayd etish joizki, saudiyaliklar mazkur bahsda 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgandi. Biroq, raqib a'zolari vaziyatni o'z tomoniga og'dirishga muvaffaq bo'lib, g'alabani ilib ketishdi.

F kvartetida esa Argentina termasi Portugaliya (2:0) ustidan, J.Koreya esa JARni minimal hisobda taslim (1:0) etdi. Bu guruhdan pley-offga muddatidan oldin Argentina yo'l oldi.

Eslatib o'tamiz, guruh bosqichining so'nggi tur o'yinlari 29-may kuni boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia