U-19 Osiyo chempionati. O'zbekistonning chorak finaldagi raqibi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2016, 20:59
Bahrayndagi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Jasur Abduraimov boshchiligidagi jamoa 2-turda Avstraliyani mag'lub etib guruhda muddatdan avval birinchi o'rinni naqd qilganidan xabaringiz bor. Chorak finalda O'zbekiston yoshlari "C" guruhida ikkinchi o'rinni olgan jamoa bilan o'ynashadi. Bugun ushbu guruhda 3-tur bahslari yakunlandi. Yaponiya 7 ochko bilan birinchi, Eron 5 ochko olib ikkinchi bo'ldi. 

Shunday qilib, O'zbekiston U-19 Osiyo chempionatining chorak finalida Eron bilan Jahon chempionati yo'llanmasi uchun to'qnash keladi. Ushbu o'yin g'olibi keyingi yil Janubiy Koreyada o'tadigan U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Mazkur bahs, 24 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15da boshlanadi.

Undan oldin O'zbekiston guruh bosqichining so'nggi turini Xitoyga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv esa 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da start oladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia