Tuxel tungi klub egalaridan bir narsani iltimos qildi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 09:21
PSJ yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa futbolchilar dam oladigan bir qator tungi klublarga borib, uning egalari bilan aloqa o'rnatib keldi.

Tuxel ulardan o'yinchilar haqida ma'lumot berishni so'radi.

Agar futbolchilar tungi klubda ko'p qolib ketsa, uning egalari mutaxassisga bu haqida xabar berishadi. Mutaxassis shu yo'l bilan shogirdlarining maydondan tashqaridagi o'zini tutishini nazorat qilmoqchi.

Bundan tashqari, Tuxel futbolchilarga o'yindan so'ng makaron tanovul qilishni taqiqladi. Fastfud, shakari ko'p ovqat va gazli ichimliklarni o'yinchilar racionidan olib tashladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football