

Bu Tomas Tuxel uchun "Chelsi"dagi ikkinchi sovrin bo'ldi. May oyida germaniyalik mutaxassis londonliklar bilan Yevropa Chempionlar ligasida g'alaba qozongandi.
47 yoshli Tuxel umumiy hisobda faoliyatidagi 9-sovrinni yutdi. U "Borussiya D" bilan Germaniya kubogida g'alaba qozongan, PSJ bilan esa 6 ta musobaqada g'olib chiqqan (ikki marta Fransiya chempioni, Fransiya kubogi va Liga kubogi, ikki marta Fransiya Superkubogi).



