"Turon" Yevropa chempioni bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022, 00:27
Mavsumning qolgan qismiga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Turon" safiga yangi legioner futbolchi kelib qo'shildi.

Rossiya fuqarosi hisoblangan markaziy himoyachi Sergey Morozov "Turon" bilan rasmiy shartnomaga imzo chekdi.

Ma'lumot uchun, jamoamizning yangi a'zosi bugunga qadar "Torpedo" (Moskva), "Amkar", "Neftximik", "SKA-Energiya", "Avangard" (Kursk), "Zvezda" (Perm), "Volga" (Ulchnovsk), "Kamaz" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, u 2006 yilgi mavsumda Rossiya (U-17) terma jamoasi safida Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Турон" футбол клуби матбуот хизмати