

Ayni paytda Turkiya futbol federatsiyasi mamlakatda barcha futbol musobaqalarini 12 iyundan boshlab davom ettirish masalasini muhokama qilmoqda.
"Umid qilamizki, iyul oyining oxirida ligalarimizni yakunlaymi va kuboklarni topshiramiz. Avgust oyida YCHL finali mamlakatimizda o'tkazilgach mavsum biz uchun to'liq nihoyasiga etadi", – deydi tashkilot prezidenti Nixat Ozdemir.
Eslatib o'tamiz, Turciya chempionati koronavirus tufayli 19 mart kuni to'xtatilgan edi.
26-turdan keyin "Trabzonspor" klubi musobaqa peshqadami bo'lib turibdi.



