Trinkau yanvar oyida "Barselona"ga qaytadi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021, 17:32
Hujumkor yarim himoyachi Fransishku Trinkau yanvar oyidayoq "Barselona"ga qaytishi mumkin

Xavi klub rahbariyatidan yanvar oyida Trinkauni ijarasini muddatidan oldin yakunlash imkoniyatlarini ko'rib chiqishni so'radi. Portugaliyalik futbolchini yozda "Vulverxempton" sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olgandi. Xavining fikricha u shu mavsumdayoq "Barselona"ni kuchaytira oladi. Ingiliz klubi futbolchining ijarasi uchun 6 million evro to'lagan. Kataloniyaliklar Trinkauni qaytarishga qaror qilsa, "Vulverxempton" pulini qaytarib oladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo