Tribunasi tashqarida bo'lgan Rossiyadagi stadionda ilk uchrashuv qachon o'tkaziladi?

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2018, 18:45
"Ekaterinburg Arena" stadionidagi test uchrashuvlari 1-15 aprelda va 6 may kuni bo'lib o'tadi.

Yangi maydondagi ilk o'yin "Ural" hamda "Rubin" o'rtasida bo'ladi. 15 aprel kuni "Ural" ushbu arenada "Spartak" bilan o'ynaydi, mayda esa "Ural" "Amkar"ni qabul qiladi.

Ekaterinburgdagi arena o'z bag'riga 35 ming muxlisni sig'dira oladi. Unda JCH-2018ning to'rtta o'yini o'tkaziladi: Misr - Urugvay (15 iyun), Fransiya - Peru (21 iyun), Meksika - Shvetsiya (27 iyun) va Yaponiya - Senegal (24 iyun).


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com