Maqolada Dinamo klubi rahbariyati va futbolchisi Aleksandr Kleckov, futbol agenti Sanat Sharipov, Ulug'bek Mirzaevlar o'rtasidagi tortishuvlar, muhokama qilingan. Natijada yurtimizda katta o'quvchilar auditoriyasiga ega bo'lgan saytlar o'quvchilari nazdida Dinamo klubi haqida noto'g'ri qarashlar yuzaga kelgan. Bu borada klub maqolada keltirilgan ma'lumotlarni bir yoqlama, asosga ega bo'lmagan va jamoa shaniga dog' tushirilishi sifatida qabul qilishini ma'lum qiladi. Aslida kim qonun doirasida ishlagan-u, kim ochko'zlik qilganligiga raddiya davomida guvoh bo'lasiz.
QONUNBUZAR ASLIDA KIM?
Muallif Bobomurod Abdulla yozgan maqolada klub shani va vice-prezidenti shaxsiyatiga nisbatan nomaqbul fikrlar bildirilib, so'ng Dinamo futbolchisi Aleksandr Kleckov va futbol agenti Sanat Sharipovning futbolchi transferi borasidagi voqealar rivojini yozadi:
Aleksandr Kleckovning agenti Sanat Sharipov futbolchiga Turkiyadan “Orduspor” klubini topib bergach, himoyachi davralar oralig'idagi tanaffus payti turk jamoasida sinovdan o'tish uchun “Dinamo” rahbariyatidan ijozat so'raydi. Klub vice-prezidenti futbolchiga ruxsat beradi, chunki himoyachi va klub rahbariyati o'rtasida tuzilgan og'zaki kelishuvga ko'ra, agar 2013 yilgi mavsum davomida Kleckovga boshqa jamoalardan, xususan, xorijdan yaxshi takliflar bo'lsa, “Dinamo” rahbariyati futbolchini boshqa klubga qo'yib yuborishga vada bergan - deyiladi maqolada.
Keling, mana shu erning o'zida voqealikka aniqlik kiritsakda va futbolchi hamda agentning reglament va qoidalarga muvofiq qay darajada ish tutganliklarini sanab o'tib, aslida kim qonunbuzar ekanligiga oydinlik kiritsak. Shu o'rinda Ordusporning qanday ish tutganligiga nazar tashlasak. Dastlab, bosh roldagi Aleksandr Kleckovning qoidadan tashqaridagi ishlariga e'tibor qaratamiz.
1. Muallif Bobomurod Abdulla klub futbolchi bilan og'zaki kelishuv tuzilganligi va unga ko'ra, xorijdan taklif bo'lsa javob berilishi haqida aytib o'tgan. Ammo bunday kelishuv qanday tuzilishi bizga qorong'u. Klub va futbolchi o'rtasida faqat mehnat shartnomasi tuziladi. Ushbu shartnomaga muvofiq, A.Kleckov Dinamo PFK bilan yil yakuniga qadar shartnomaga imzo chekkan va bu vaqt davomida u jamoa safida bo'lishi lozim. Ammo, klub futbolchi oldidagi majburiyatlarini to'liq bajarib kelgan bo'lsada, A.Kleckov birinchi davradan keyin, amaldagi shartnomasiga zid ravishda Turkiya birinchi ligasi jamoasi tarkibida o'kuv-mashg'ulotlarida ishtirok etib, yakunda Orduspor bilan ham shartnoma imzolaydi. Bu borada klub futbolchidan emas, OAVdan xabar topdi. Kleckovning klubdan ruxsat olganligi borasidagi gaplar uydirmadan boshqa narsa emas. Xususan, futbolchi va klub o'rtasidagi tuzilgan shartnomaning 3-bo'lim, 3.8-bandiga asosan, klubning yozma ruxsatisiz, futbolchi boshqa klub safida maydonga tushishga, boshqa jamoaga o'tish uchun muzokaralar olib borishi qatiyan man etiladi, aks holda PFL reglamentiga asosan jazolanadi.
2. Yuqorida B.Abdulla, futbolchi A.Kleckovning futbol agenti S.Sharipovning rasmiy mijozi ekanligini yozadi. Aslida ham shundaymi? Agar, haqiqatdan ham Sharipov Kleckovning futbol agenti bo'lganida, PFL reglamenti 18-bo'lim, 1-bandiga binoan futbolchi va agentning ushbu hamkorligi A.Kleckov va Dinamo PFK o'rtasida tuzilgan shartnomada rasmiy tarzda alohida ko'rsatilishi lozimligi belgilab qo'yilgan. Biroq, Kleckov bilan tuzilgan shartnomada uning agenti borligi haqida hech narsa yozilmagan.
3. Shu o'rinda FIFA agenti sanalmish Sanat Sharipovning reglamentlarga zid ravishda, shartnomaga ega futbolchini, uning amaldagi klubiga xabar bermay, o'z manfaati yo'lida Oliy liga saviyasidan yuqori bo'lmagan boshqa chempionatdagi yangi jamoaga olib borishini va o'rtada turib shartnoma imzolanishini taminlashini qanday tushunish mumkin? Nahot FIFA agenti professional shartnomaga ega futbolchini PFKning ruxsatisiz boshqa klubga o'tkazish mumkin emasligini bilmasa? Zero, PFL reglamenti 17-bo'lim 5-bandida alohida qayd etilganidek, Boshqa klubga o'tkazish ilinjida, shartnomaga ega futbolchini klubi bilan o'rtadagi shartnomasini buzishiga chorlaydigan agentlar jazolanishadi, deya yozib qo'yilgan.
4. Bu borada Dinamo PFK Turkiyaning Orduspor klubini ham futbolchi bilan shartnoma imzolayotganda barcha qonun va qoidalarni qo'pol ravishda buzganlikda ayblaydi. Futbolchining shartnomasi bor yoki yo'qligaga qiziqmagan ushbu professional klub tegishli hujjatlarsiz Dinamo PFK ixtiyoridagi A.Kleckov bilan shartnoma imzolagan va buni rasmiy saytida ommaviy tarzda e'lon qilgan. Bu borada Dinamo Turkiya klubidan rasmiy tushuntirish xati jo'natishni so'raydi, aks holda bu borada Samarqand jamoasi FIFAga arz qilishi mumkinligini bildiradi.
XOM PISHGAN ISHNING NATIJASI
Muallif maqolasida davom etarkan, bir yoqlama fikrlarida davom etib, noqonuniy transferning amalga oshirilmaganligiga sabablar izlaydi.
Turkiyadagi mashg'ulotlar va o'rtoqlik uchrashuvlari payti Kleckovning o'yinlari “Orduspor” klubi murabbiylariga maqul bo'lib, turklar futbolchini o'z saflariga qo'shish uchun amaliy ish boshlagach, F.Karimov “Dinamo” klubi sport direktori Rustam Istamov va yuristi Shuhrat Xotamov orqali Kleckovning agenti Sanat Sharipovga, agentning rasmiy ishonchli vakili Ulug'bek Mirzaevga futbolchining transfer narxini e'lon qilib: “Kleckov 100 ming dollar turadi, deb aytadi, - deya yoziladi maqolada.
Aslida, yig'indan keyin Orduspor darhol Sanat Sharipov orqali Kleckov bilan shartnoma imzolab, uni rasmiy saytida e'lon qilishga ham ulgurdi. Bu Dinamo bilan tuzilgan shartnomaning poymol qilinishini va Turkiya birinchi ligasi vakili bilan noqonuniy shartnoma imzolanganligini bildiradi.
Bunga javoban, Dinamo PFK Aleksandr Kleckov bilan yil boshida tuzilgan shartnomaning 4-bo'lim, 15-bandiga binoan, o'z xohishi bilan boshqa jamoaga o'tgan futbolchi, amaldagi klubi belgilagan summani to'lashga majbur deya yozilgan banddan foydalandi.
Futbol agenti va futbolchining bir qator qonunbuzarliklarga yo'l qo'yganliklariga qaramay, muallif Bobomurod Abdulla faqat bir tomonga nisbatan tarozini bosishda davom etib, rasmiy lavozimi aniq bo'lmagan Ulug'bek Mirzaevning so'zlaridan iqtibos keltiradi:
Ulug'bek Mirzaevning aytishicha, Kleckovning transferi borasida olib borilgan muzokaralar payti Firdavs Karimov na futbolchining, na uning agentining, na “Orduspor”ning holati va istaklarini tinglashni istamagan - deyiladi B.Abdulla maqolasida.
Aslida esa klub qarorgohiga faqatgina U.Mirzaev tashrif buyurgan. Biroq, Samarqandga Dinamo futbolchisi A.Kleckov masalasini hal etish uchun klub rasmiylari bilan uchrashuvga kelgan ushbu shaxsdan, uning kim ekanligi, Kleckovga qanday aloqadorligi so'ralganda, U.Mirzaev na futbol agenti ekanligini tasdiqlovchi licenziyani va na biror hujjatni ko'rsata olmagan. S.Sharipovning o'zi esa klub vakillari bilan uchrashmagan. Futbolchi bilan shartnoma imzolagan Ordusporning vakili u yoqda tursin, hatto bu jamoaning istaklari ham klubgacha yetib kelmadi. Bunday holatda F.Karimov kimning istagini tinglashi lozim edi?
Xullas, xorijdagi ishni bir amallab pishitib qo'ygandan keyin, Dinamoni ko'ndirishga harakat qilgan manfaatdorlar klub vice-prezidentidan futbolchining otkrepleniesini so'rashadi. Bunga javoban, tabiiyki, rahbardan rad javobini olishadi.
Firdavs Karimov klub manfaatini qatiy himoya qilib, barchasini faqat rasmiy tarzda hal qilishi mumkinligini aytadi. Aslida, futbol agenti ham, futbolchi ham, o'sha Turkiyadagi klub ham Kleckov borasida rasmiy tarzda jamoaga murojaat etganida, ish bu darajaga yetib bormasdi. Ammo, na futbolchi, na uning agenti-yu, na o'sha birinchi liga jamoasi Dinamo klubiga futbolchi borasida rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Dinamo PFK esa, Kleckovning rasman Orduspor klubiga o'tishi uchun, amaldagi shartnoma bandidan foydalanib, klub hisob raqamiga transfer summasini tushirib berishlari lozimligini so'radi.
Yuqorida klub o'z futbolchisi uchun so'ralgan 100, 50, 30 ming AQSH dollari muzokara davomidagi tabiiy holatdir. Har holda, hatto o'sha maqola muallifi Bobomurod Abdullaning oldingi maqolalarida yozganidek, har bir Oliy liga klubi o'z futbolchilarini transfer qilib, klub g'aznasiga daromad keltirishga o'tish vaqt etdi. Yoki hurmatli muallif bugunga kelib endi bu fikrlaridan tonarmikan?
FUTBOLCHI TEKIN BERILISHI KERAKMI?
B.Abdulla maqolasini o'qishda davom etarkanmiz, beixtiyor savol tug'iladi: klub bilan shartnomasi bor futbolchi klubiga tegishlimi yoki agentga? Yoxud shartnomasi mavjud futbolchi nima uchun klubdan shunchaki tekin qo'yib yuborilishi va agent ixtiyoriga topshirilishi lozim?
“So'nggi kunlardagi muzokaralarda “Dinamo” futbol klubi yuristi Shuhrat Xotamov Kleckovning transferi, bu borada e'lon qilingan narx haqida klub rahbariyatining umumiy va so'nggi poziciyasini e'lon qilayotib: “Futbolchi – bu tovar. Huddi korxona biror tovar ishlab chiqarish uchun pul sarflab, keyin uni o'zi istagan narxda sotishga huquqi bor bo'lganidek, klubning ham futbolchiga sarflangan pullarni qoplab, daromad keltiradigan narxda sotishga haqqi bor”, - dedi. Futbolni va futbolchini tushunadigan rahbar hech qachon futbolchini tovarga qiyoslamaydi”, - deya Ulug'bek Mirzaev so'zlaridan navbatdagi iqtibosni keltiradi Bobomurod Abdulla.
Qiziq, deyarli xarajat qilmay, futbolchini shaxsiy buyumdek boshqa klubga o'tishini taminlab, olibsotardek uning orqasidan manfaat ko'rgan futbol agentlari haqlarini talab qilishga haqli-yu, yil boshidan futbolchiga ko'tarma puli, oylik ish haqi va mukofot pullari bilan millionlarni sarf etgan, shartnomaga ega klub manfatini himoya qilishga haqqi yo'qmi?
Yil boshida Paxtakor zahirasidan Dinamoga taklif etilib, unga shuncha xarajat qilib, o'yin amaliyotiga ega bo'lishini taminlagan klubning o'z futbolchisidan manfaat ko'rishiga nahotki haqqi bo'lmasa?
Hafsalasi pir bo'lgan futbolchi 5 avgust kuni Toshkentga qaytib keldi va ertasi kuni, yani 6 agustda Samarqandga yo'l oldi. Ammo ikkinchi davrani ham “Dinamo”da o'ynashga niyat qilib Samarqandga borgan Kleckov Firdavs Karimovning qo'pol muomalasiga duch keldi - deya chuqur hayrat bilan yozadi B.Abdulla.
Qiziq, muallifning fikricha, bir necha oy davomida klub non-tuzini eb, keyin kimlargadir ishonib, shartnoma bandlarini buzib, jamoa yuziga oyoq qo'ygan futbolchi quchoq ochib, tantanali kutib olinishi lozimmidi?
ASLIDA KIM JABRLANUVCHI?
Ajablanarlisi, shuncha ishni bajarib qaytgan futbolchiga maqola muallifi “Qaysi aybing uchun jazolashmoqchi?” deya savol bergan.
“Firdavs Karimov nima uchun menga bunday munosabatda bo'layotgani menga ham qorong'u. Axir, transferim amalga oshmay qolgandan keyin jamoa ixtiyoriga qaytib kelgan bo'lsam. “Dinamo”da o'ynashimni ham, oliy liganing boshqa klubiga o'tishimni ham istashmayapti. Bundan tashqari, “Dinamo” bilan tuzilgan shartnomaga ko'ra, men jamoa uchun chempionat oxirigacha o'ynashim kerak bo'lsa”, - deydi Kleckov Dinamo bilan amaldagi shartnomasi yodiga tushib.
Vice-prezidentning Aleksandr Kleckovga tojik tilida, yuqori ohangda yaxshi munosabatda bo'lmaganligi esa navbatdagi uydirma va provakacion yolg'ondan boshqa narsa emas.
Kleckovning jamoa tarkibiga qaytarilmaganligi sababi oddiy. Futbolchi Turkiyaga ketar chog'ida, na rahbar va na bosh murabbiy Ravshan Haydarovga aytmay ketdi. Natijada ikkinchi davra oldidan o'tkazilgan yig'in paytida jamoa bilan birga bo'lmadi va murabbiylar shtabi qaroriga muvofiq, uning o'rniga bir qator futbolchilar jamoaga jalb etildi.
Bobomurod Abdulla bo'hton va tuhmatdan iborat maqolasini davom ettirarkan, Kleckovdan tashqari A.Risqullaev va V.Kilikevichlar ham Dinamodan otkreplenielarini ola bilmayotganliklarini yozadi. Firdavs Karimov faqat Kleckovga nisbatan emas, balki “Dinamo”ning boshqa futbolchilariga nisbatan ham noprofessional va, hattoki, zolimona munosabatda bo'lmoqda. Xususan, ayni kunlarda Ahrol Risqullaev va Vladimir Kilikevichlar ham ikkinchi davradagi taqdiridan havotirga tushishgan. Masalan, davralar oralig'ida Ahrol Risqullaev Namangandan tushgan yaxshi taklif tufayli “Navbahor”da ko'rikdan o'tish uchun “Dinamo” rahbariyatidan ijozat olgan. Ammo keyinchalik Risqullaev namangaliklarning mashg'ulotlarida ishtirok qilib, ularga maqul kelgach, “Dinamo” vice-prezidenti Firdavs Karimov futbolchiga nisbatan to'nini teskari kiyib olgan. Hozir ushbu futbolchining boshiga ham Kleckovning kuni tushgan: na “Navbahor”ga bora oladi, na “Dinamo”da o'ynay oladi. Chunki vice-prezident janoblari osmoniy talablar qo'yib, “otkreplenie” bermayapti. Ukrainalik legioner Vladimir Kilikevich “Dinamo” vice-prezidentining munosabatidan nolib, FIFAga arz qilib ulgurgan. Musofirlikda yurgan ushbu futbolchi “Dinamo” va “Buxoro” o'rtasida muallaq qolgan. “Dinamo” rahbariyati Kilikevichni na “Buxoro”ga qo'yib yubormayapti, na “Dinamo”da o'ynatmayapti - deydi B.Abdulla.
Muallif Bobomurod Abdulla ushbu maqolasini yozayotganida jabrlanuvchilarni sun'iy tarzda ko'paytirib, ochiqdan-ochiq tuhmat qilishga o'tadi. Chunki, Risqullaev va Kilikevichning “zolimona” klubda olib qolinayotganligi, klub vice-prezidenti tomon otilgan toshdan boshqa narsa emas. Chunki, klub birinchi davra davomida vaqtini asosan zahirada o'tkazgan himoyachi Ahrol Risqullaev bilan hisob-kitob qilinib, o'rtadagi shartnomani to'xtatdi. Yani, bu futbolchiga javob berib yuborildi. Legioner nomiga munosib o'ynay olmagan ukrainalik yarimhimoyachi Vladimir Kilikevich esa Toshkentdagi yig'in davomida klubning ruxsatisiz jamoani tark etdi. Ahrol Risqullaevning Navbahorga, Vladimir Kilikevichning Buxoroga o'tishi uchun Dinamoning to'sqinlik qilayotganligi borasidagi gaplar haqikatga yaqin emas. Shunchaki, klub Kilikevichning jamoaga rasmiy xabar bermay, klub ixtiyorini tark etganligidan norozi. Ammo, bu futbolchining hujjati berilmayapti, degani emas. Chunki, yuqorida tilga olingan hech bir klublar hozircha bu futbolchilarni PFL zayavkasidan o'tkazish uchun otkrepleniesini so'rab, rasmiy tarzda jamoaga murojaat qilgani yo'q.
KO'Z YUMIB BO'LMAYDIGAN HAQIQAT
Kimlarningdir qistovi yoki qistirmasi bilan oqni qoralashga urinayotgan Bobomurod Abdulla, umrida uchrashmagan, biror marotaba suhbatlashmagan Dinamo klubi vice-prezidenti va jamoani asosiz qoralashda davom etgan.
Firdavs Karimov “Dinamo”ning va umuman Samarqand futbolining shuhratini O'zbekiston hamda dunyoga shu tariqa taratmoqchi, shekilli. Shu sababdan “Samarqand sayqali ro'yi zamin ast” degan mashhur ibora viloyat futboli va “Dinamo”ga kelganda kuchini yo'qotib turibdi - deydi, muallif.
...Har narsaning o'z cheku chegarasi bor. Bobomurod Abdulla bo'ladimi, boshqa kishi bo'ladimi, qatiy nazar, Samarqandni, uning futbolini kamsitishga zarracha haqqi yo'q.
O'zini “jurnalist” sanaydigan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yaxshisini yashirib, yomonini oshirib ko'rsatishga mukkasidan ketgan ayrim toifa vakillarining nafasi sezilib turibdi. Xorij ommaviy axborot vositalari uchun ishlayotganlar yurt shanidan ko'ra moddiy manfaatni ustun qo'yishi barchamizga yaxshi ma'lum. Ammo mamlakat ichidagi bo'hton gaplar kimga va nimaga kerak bo'lib qoldi ekan?! Ularning “tegirmoni”ga suv quyadiganlar kim bo'lishi mumkin?
Ikkinchidan, Samarqand futbolining tashvishini qilayotganlar birgina so'nggi yillarning o'zida shu yurtdan yetishib chiqqan, Bahodir Nasimov, Artem Filiposyan, Anvar Fofurov, Dilshod Sharofutdinov, Salim Mustafoev, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusovlar haqida nahotki hech narsa bilmasa. Yoshlar, o'smirlar terma jamoalari safida ham samarqandlik futbolchilarning joy olishayotgani fikrimizga yana bir isbot bo'la oladi.
Jamoa vice-prezidenti Firdavs Karimov shaxsiga nisbatan aytilgan haqoratomuz fikrlarga ham ko'z yuma olmaymiz. Zero, aynan ushbu rahbar qo'l ostida bu yildan e'tiboran klub bir necha yillik dasturiga ega bo'lib, o'z yo'lini tanladi. Jamoa uchun butun viloyat bo'ylab futbolchilar izlanib, tarkibga jalb etildi. So'nggi yillargacha bir qator futbolchilarni yetishtirib, so'ng esa shunchaki boshqa klubga sovg'a qilib yuborgan Dinamo PFK endi transfer borasida ham o'z yo'liga ega bo'lib bormoqda.
Xususan, joriy yil boshida 21 yoshli futbolchimiz Salim Mustafoevga Toshkentning Lokomotiv klubidan taklif tushdi. To'rt yil davomida klub bag'rida ulg'aygan, terma jamoada ham o'zini ko'rsatgan futbolchining narxi 100 million so'm ekanligi temiryo'lchilarga ma'lum qilindi. Olib borilgan muzokaralardan so'ng Lokomotiv klubi Salim Mustafoevning transferi uchun Dinamo hisob raqamiga 72 million so'm mablag' o'tkazib berdi.
Bu jamoaning tanlagan yo'li sekin-asta o'zini oqlayotganidan darak. Klub faqat homiylarning puliga qaram bo'lib qolmay, FIFA va OFKning talablariga asosan o'zini o'zi boshqara olish yo'li sari ilk qadamlarni tashlamoqda. Zero, futbol bugungi kunda faqat o'yin emas, biznes ekanligi jahon tajribasidan ma'lum.
Ayniqsa, bugungi kunda stadionlarga eng ko'p muxlis to'plash borasida O'zbekistonda eng yetakchi uch shahardan biri bo'lib turgan Samarqandda ham klub yillik taminotining ma'lum foizini aynan reklama va tomoshabinlarga yaratilgan sharoit, klub atributikalari orqali qoplashni belgilab olgan. Afsuski, jahon futboli - rivojlanish dasturi deya, tan olgan bu andozani Bobomurod Abdulla tan olishni istamaydi.
BU – ZAMON ZAYLI, HURMATLI JURNALIST
Bir savolga birgalikda javob topsak: Bobomurod Abdulla va ayrimlar nega endi boshqa klublar emas, aynan rivojlanish yo'lini tanlagan Dinamo klubi haqida maqola yozishni maqsad qildi ekan? Dinamoning odilona transfer siyosatini ochko'zlik, sindirish sifatida baholashga ularni nima majbur qildi?
Afsuski, transfer siyosatidagi ochko'zlik ananasini bugungi kunda O'zbekistonda “Dinamo” (Samarqand) rahbariyati davom ettirib, xorij klublarida o'ynashni istayotgan futbolchilarni “sindirish” ishlariga bosh-qosh bo'lmoqda. Samarqand viloyati mutasaddilari “Dinamo”da bo'layotgan ishlardan xabarlari bormi? Xabarlari bo'lsa, nega Firdavs Karimov jamoa futbolchilariga nisbatan o'zini professional rahbar emas, xuddi quldor yoki feodaldek tutmoqda?, deya yozadi B.Abdulla.
Klub o'z huquqini himoya qilib, futbolchisi uchun tranfser pulini talab qilishi nahotki ochko'zlik bo'lsa? Nima uchun faqat agentlar futbolchilari bilan klublarni o'z nog'oralarida o'ynatishmoqchi bo'ladi?
Qonun doirasidan chiqib, manfaatiga eta olmagan shaxslarni jabrlanuvchi sifatida ko'rsatgan, aksincha, klub haq-huquqini talab qilgan rahbarning ishini esa feodalizmga qiyoslagan Bobomurod Abdulla zamondan orqada qolganini hali tushunmas ekan. Muallif viloyat mutasaddilari bu ishlarni ko'rmayaptilarmi mazmunidagi murojaati ham B.Abdullaning hali bu borada bilim va tushunchasi yo'qligini ko'rsatib turibdi.
Masalaning faqat bir tomoniga qaragan muallif maqola so'ngida quyidagilarni yozadi: Axir, Kleckov Turkiyada o'ynab ketsa, “Dinamo”ning, Samarqand va O'zbekiston futbolining dovrug'ini oshirmasmidi? Kleckov “Orduspor”da o'ynab ketsa, Turkiya futbolining eshiklari o'zbekistonlik boshqa futbolchilar uchun ham ochilmasmidi?
Qiziq, Oliy liga saviyasidan past bo'lgan Turkiya birinchi ligasida o'zbekistonlik futbolchining to'p surishi futbolimiz dovrug'ini oshiradimi? Bundan o'zbek futboliga ne naf? Manfaat yo'lida quyi ligalarni kuchli liga sifatida ko'rsatish kimga kerak? Aslida, futbolchimizga Turkiya birinchi ligasi emas, Rossiya premer ligasiga o'xshagan kuchliroq chempionatdan taklif tushganida, jamoa O'zbekiston, Samarqand dovrug'ini taratish uchun Bahodir Nasimovni Rossiya chempioni Rubinga qo'yib yuborganidek, bu futbolchiga ham oq yo'l tilardi.
B.Abdulla maqola bir tomonlama bo'lmasligi uchun klub vice-prezidentiga qo'ng'iroq qilganligini, ammo taajjub bilan rahbar telefonini ko'tarmaganligini aytadi. Aslida ham vice-prezidentning to'g'ri kelgan suhbatdoshga javob berishi kerak ekanligi qayerda yozib qo'yilgan? O'zini va o'zgani hurmat qilgan jurnalist katta maqola yozishdan oldin ikkinchi tomon bilan uchrashib, uning fikrlarini ham tarozining ikkinchi pallasiga qo'yishi kerak emasmi? Yoki qarama-qarshi tomondan manfaat yo'qligi uni Samarqandga kelib-ketish befoyda, deb hisoblashiga sabab bo'lganmikan?!.
XULOSA
Xulosa shu, maqolasida dinni, etiqodni peshvo qilib, muqaddas kunlarda ko'pchilik ko'nglini qoldirib, bo'htonlarga ko'mib tashlagan Bobomurod Abdulla o'zgalarni insofga chaqirmay, avval o'ziga insof tilasin.
Biz bugun huquqiy va demokratik mamlakatda yashayapmiz. Ushbu raddiyani aynan ommaning noto'g'ri fikrda bo'lmasligi uchun yozdik. O'zining ko'p yillik tarixiga ega bo'lgan klubimiz ustidan mag'zava ag'darayotganlar bilan esa, har qanday muammo yoki bahsli holatlar bo'yicha o'z haq-huquqini sud tartibida himoya qilishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi.
Shunday ekan, kimlarningdir manfaatlari evaziga oqni asossiz ravishda qora deyishda davom etayotgan ayrimlar bilan ham veb-saytlar, bloglar orqali emas, faqat huquqiy jihatdan kurashishini bildiradi.
So'ngi so'z sifatida shuni aytishni istardikki, ayrim mualliflar tomonidan katta auditoriyaga ega elektron nashrlarda e'lon qilinayotgan biryoqlamali maqolalarni e'lon qilishdan oldin, sayt ijodkorlaridan chuqur tahlil etishni so'rab qolardik.
Zero, minglab muxlislarga etkazilayotgan ma'lumot va maqolalarning asosli, negizi haqiqatdan iborat bo'lishi lozimligi biz, OAV vakillarining jamiyat oldidagi burchimizdir.
Usmon IBODOV,
Dinamo klubi matbuot kotibi.