Totti: "Men "Oltin to'p" o'rniga "Roma"ni tanlaganman"

Omonjon To`xtamirzayev
4 mar 2025
"Roma" afsonasi Franchesko Totti o'z vaqtida boshqa kuchliroq jamoaga o'tishi mumkin bo'lgani, ammo "Roma"da qolishni maqul ko'rganini yodga oldi.

"2000 yil Belgiyadagi "Evro"dan keyin ko'plab takliflar bo'lgan. 2004 yilda menga juda ko'p pul taklif qilishgandi. Agarda boshqa klubni tanlaganimda "Oltin to'p"ni yutish sezilarli darajada oson bo'lardi, lekin menga "Roma" berganini boshqa birorta shahar bera olmasdi. Men aynan shu yo'lim tufayli Tottiga aylanganman, aks holda oddiy futbolchilardan biri bo'lib qolardim".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: cope.es