"Tottenxem" Tolissoni xarid qilishi mumkin

Alisher
20 noya 2021, 15:51
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

27 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, londondonliklar o'yinchi uchun "Inter" bilan kurashishlariga to'g'ri keladi.

Tolisso joriy mavsum "Bavariya" tarkibida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Francuz o'yinlarning bir qismini jarohat sabab o'tkazib yubordi. Transfermarkt o'yinchini 15 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker