“Tottenxem” Saldadoni sotib olishga yaqin turibdi

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 16:34
“Valensiya” hujumchisi Roberto Saldado yaqin kunlarda “Tottenxem” tarkibiga o'tishi mumkin.
Kelishuv summasi 30 million evroga baholanmoqda, deb xabar beradi Marca.

“Valensiya” 20 millionni xozir, qolgan 10 millionni keyinroq olishga tayyor. “Tottenxem” esa 26 million evro to'lab, 4 million bonus sifatida bermoqchi.

Agar “Tottenxem” tarkibiga o'tsa Saldado yiliga 3,5 million evro maosh oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru