"Tottenxem" prezidenti "Chelsi"ning Keyn bo'yicha taklifini kutmoqda

Sherzod Nurmatov
29 apr 2023, 10:47
"Ko'klar" muzokaralarda ustunlikka ega bo'lishi mumkin.

"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi "Chelsi" yozda Harri Keyn transferi borasida unga murojaat qilishiga ishonmoqda, deb xabar berdi "TalkSport". 

"Chelsi" katta ehtimol bilan Maurisio Pochettinoni bosh murabbiy etib tayinlaydi. Argentinalik mutaxassisning shaxsi "Chelsi" uchun ustunlik taqdim etadi. Negaki, Harri Keyn Pochettino boshchiligida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan.

Biroq Leviga qolsa, Keynni APL klubiga sotmagan bo'lardi, lekin shu bilan birga, u Harri 2024 yilning yozida tugaydigan "shporlar" bilan shartnomasini uzaytirishi dargumon ekanligini tushunadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport