Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida nigeriyalik futbolchi paydo bo'lishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
9 iyul 2017, 23:32
“Lokomotiv” jamoasi Minskda o'tadigan xorij yig'ini mobaynida bir qator futbolchilarni ko'rikdan o'tkazadi.

Jumladan, ilgari Moldovaning “Saksan” jamoasi safida to'p surgan nigeriyalik hujumchi Olabiran Blessing Muyiva ham “temiryo'lchilar”ning ushbu yig'inida ishtirok etadi.

18 yoshli istedodli futbolchi 11-21 iyul kunlari davom etadigan yig'inda “Loko” murabbiylar shtabida o'zidan ijobiy taassurot qoldirish uchun urinadi. Agar uning harakatlari jamoamiz murabbiylariga maqul kelsa, Olabiran Muyiva “Lokomotiv” a'zosiga aylanadi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz