Toshkentda futzal bo'yicha “Federatsiya Kubogi” turniri bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
15 noya 2017, 17:44
Shu yilning 21–26 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha “Federatsiya Kubogi” turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqada futzal bo'yicha Oliy Liga jamoalari, shuningdek, Respublikadagi barcha havaskor klublar ishtirok etishadi.

20 noyabr kuni musobaqada qatnashish uchun qaydnoma topshirgan jamoalar o'rtasida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Marosim soat 15:00 da O'FF majlislari zalida o'tkaziladi.

Futzal bo'yicha “Federatsiya Kubogi” turniridan o'rin olgan uchrashuvlarga kirish bepul.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com