To'rtinchi divizion klubi "Real"ga yarim asr o'tib revansh o'tkazishni taklif qildi

Alisher
8 fev 2021, 11:25
Braziliyaning "Portugeza" klubi "Real" prezidenti Florentino Peresga o'zining yuz yilligini nishonlashi sabab 2024 yilda o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifi bilan chiqdi.

Rio-de-Janeyro klubi 1924 yilning 17 dekabrida tashkil topgan.

Qayd etish kerakki, "Portugeza" o'z tarixida madridliklarni yutgan. Bu voqea 1969 yilning 4 sentyabrida bo'lib o'tgan. O'shanda Yevropa grandi 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan.

"Portugeza" hozirda Braziliyaning to'rtinchi divizionida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS