
- "Sporting" har tomonlama kuchli jamoa. Bu jamoaning futbolchilari texnik jihatdan ancha yaxshi harakat qilashadi. "Sporting" himoyada ishonchli, hujumda esa xavfli o'ynaydi.
Bas Dost hujumda yaxshi harakat qiladi. Shuningdek, ushbu jamoani ajoyib mutaxassis boshqaradi.
"Sporting"ning "Real"ga qarshi o'yinini tomosha qildim. O'sha bahsda lissabonliklarga shunchaki omad yetishmagandi.
Jamoamizda jarohatlangan futbolchilari juda ko'p. Ammo qo'l ostimdagi mavjud futbolchilarning mahoratiga ishonaman.