

Bunga klub ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke va prezidenti Raynxard Rauballar YCHL 1/4 final doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yinni chorshanbaga ko'chirishgani sabab bo'lgan. Eslatib o'tamiz, seshanba kuni dordmundliklar avtobusi yonida ro'y bergan portlash natijasida jamoa o'yinga yetib kela olmagan va o'yin ertasiga ko'chirilgan edi. Xabar qilinishicha, klub rahbariyati uchrashuvni keyingi kunga ko'chirish borasidagi qarorni qabul qilgan va buning sababini bosh murabbiyga izohlamagan.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "monegasklar"ga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, "Borussiya" ikki o'yin natijasiga ko'ra, "monegasklar"ga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.



