Tito Vilanova: "Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat"

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2013, 08:40
"Barselona" klubi sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova o'zining ochiq maktubida barchaga minnatdochilik bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Vilanova sog'lig'idagi muammolar tufayli klubni tark etishga majbur bo'ldi, deb xabar bermoqda "Barselona" klubi rasmiy sayti.

"Bu jamoadagi o'tkazgan ajoyib 5 yildan so'ng bu yerdan ketayapman, davolanishim kerak. Bu juda og'ir, ammo ayni paytda ishga o'zimni bor kuchimni bera olmayman. Men bilan birga ishlagan va meni qo'llab turgan barchaga rahmat. Ushbu hayotiy qiyinchilikni engib o'tishda klub menga ruhiy tomondan yordam beradi, bunga ishonaman", - deb yozadi Vilanova  o'z ochiq xatida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru