Tiago Silva uchun kurashga yana bir klub qo'shildi

19 iyun 2020, 09:33
PSJni tark etadigan Silvaga yana bir da'vogar paydo bo'ldi.

“Fiorentina” klubi braziliyalik 35 yoshli himoyachi Tiago Silvani o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Uning PSJ bilan shartnomasi 1 iyulda yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

Avvalroq Silvaga da'vogarlar qatorida “Everton” va “Tottenxem” klublari tilga olingandi.

Tiago Silva 2019/20 yilgi mavsum PSJ safida 30 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport