Tezkor xabar: Allegri "Yuventus"ga qaytdi!

Sherzod Nurmatov
28 may 2021, 00:34
"Goal"ning "Yuventus"dagi muxbiri Agrestining xabar berishicha, Massimiliano Allegri Turin klubi bilan shartnoma imzoladi.

Manbaga ko'ra, Allegri bilan 4 yillik shartnoma tuzilgan.

Ma'lumot uchun, mutaxassis 2019 yilda aynan "Yuve"dan bo'shatilganidan beri ishsiz edi. 

Turin klubi uning qo'l ostida 5 karra Italiya chempioniga aylangan bo'lsa, 4 marta mamlakat Kubogi va 2 marta Superkubogini qo'lga kiritgan.  Shuningdek, 2 marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/romeoagresti