Tushdan keyin soat 17:00da boshlangan mashg'ulot odatdagidek bir yarim soat davom etdi. Avvalgi mashg'ulotda futbolchilar etti nafarda uchta tarkibga bo'lingan holda mashq qilgan bo'lishsa, bu safar o'ntadan ikki tarkibga bo'lingan holda mashg'ulot o'tkazishdi. Toshkentdagi oxirgi mashg'ulotda “Paxtakor” hujumchisi Igor Sergeev ishtirok etmadi.
Aytib o'tganimizdek, futbolchilar “Ko'klar” va “Qizillar”ga bo'lingan holda mashq qilishdi. “Ko'klar” tarkibi: Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Vladimir Kozak, Vitaliy Denisov, Dilshod Jabborov, Jamshid Iskanderov, Islom Inomov, Ivan Nagaev, Jasur Hasanov (kichigi), Ulug'bek Baqoev. “Qizillar” tarkibi: Egor Krimec, Shavkat Mullajonov, Server Jeparov, Timur Kapadze, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov (kattasi), Oleg Zoteev, Bahodir Nasimov, Akmal Shorahmedov, Sanjar Tursunov.
E'tiborlisi, dastlab “Ko'klar” bilan “Qizillar” birgalikda mashg'ulot o'tkazishdi. Keyin esa jamoalar alohida-alohida darvozaga zarba berish chog'ida termamiz ustozi “Qizillar” bilan birga ishladi. “Ko'klar”ni esa yordamchi murabbiy Shuhrat Maqsudov shug'ullantirdi. Mashg'ulot paytida futbolchilar ko'proq to'pga bir marta tegish orqali pas uzatib tezroq hujumga o'tish ustida ishlashdi. Shuningdek, jarima zarbalaridan foydalanishga ham katta e'tibor qaratishdi. Darvozabonlarni odatdagidek Pyotr Gizimchuk shug'ullantirdi. Terma a'zolari ikkiga bo'linib o'zaro futbol o'ynaganda darvozalarni Murod Zuhurov bilan Aleksandr Lobanov qo'riqlashdi. Eldor Suyunov esa aksar hollarda yakka o'zi shug'ullandi.
Xayrulla XOLIQOV.