Ten Xag yaqin 2 haftada jamoadan 4 futbolchining ketishini istamoqda

Mirjalol Normatov
7 iyul 2023, 22:50
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag tarkibdan 4 nafar futbolchining tezroq ketishini istamoqda.

"The Independent" xabariga ko'ra, yaqin 2 hafta ichida Xarri Maguayr, Fred, Skott Maktominey va Jeydon Sancho kabi futbolchilar "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak. Ayni damda Maguayrga "Vest Xem" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda, mankunianliklar himoyachisini 50 mln funtga baholamoqda. Biroq London klubi himoyachi uchun 35 mln funtdan ko'p pul bermoqchi emas.

Fred "Fulxem"ga, Maktomini esa "Vest Xem" hamda "Nyukasl"ga kerak bo'lmoqda. Sanchoning "Tottenxem"ga sotilishi variantlari ko'rib chiqilgandi, shu orqali MYU Xarri Keynni qo'lga kiritmoqchi bo'lgandi. Biroq bu transfer ishlari ham amalga oshmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Independent