Temurxo'ja Abduxoliqov 21-turda maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 15:06
Oliy liganing 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvining tanaffus vaqtida yuz bergan janjal vaqtida hakam uchta futbolchiga qizil kartochka bergandi.
Kecha bo'lib o'tgan yig'ilish vaqtida bu futbolchilarga qanday jazo berilishi borasida qaror qabul qilindi.

"Nasaf" himoyachisi Maqsud Karimov va "Paxtakor" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov ikkitadan o'yinga chetlatilishdi.

Maqsud Karimov O'zbekiston kubogi finali va oliy liganing 20-turini o'tkazib yubordi. Shunday ekan bu futbolchi 21-turda maydonga tusha oladi.

Abduxoliqov esa 20-turda maydonga tushgani yo'q. Shu bois hujumchi bugungi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ham jamoasiga yordam bera olmaydi.

"Paxtakor" himoyachisi Murod Xolmuhamedov esa bu yilgi mavsumda maydonga tushmasligi aniq. Uning qancha o'yinga chetlatilgani noma'lum, balki keyingi yilgi mavsumning dastlabki turlarini ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia