Tayyorlov guruhlari. 6-tur yakunlandi

Xabaringiz bor, viloyatimizda 1999-2000, 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlardan iborat tayyorlov guruhlari o'rtasida mamlakat birinchiligi bo'lib o'tmoqda.


Musobaqaning 6-guruhidan joy olgan jamoalar bugun navbatdagi ikkinchi bosqich 6- tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Kecha yosh ”mashal”chilar o'z maydonlarida  Kosonning “Alanga” jamoasi tayyorlov guruhlarini qabul qilishdi.

1999-2000 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi “Mashal”-“Alanga” uchrashuvida jamoalar ochiq futbol namoyish etishdi va bahs kichik 0:1 hisobida yakun topdi.

Kecha shuningdek 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ikrem Repatov shogirdlari bo'lgan muboraklik yosh futbolchilar o'zlarining raqiblari bo'lmish Kosonning “Alanga-2002” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

"Mashal" jamoalari navbatdagi turni 14 oktyabr kuni safarda "Qizilqum" o'smirlariga qarshi o'tkazadi.


Manba: fcmashal.uz