Taniqli insayder: "Yuventus" Ronalduni sotishga qaror qildi

Alisher
11 mar 2021, 12:46
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu muddatidan oldin Turinning "Yuventus" klubini tark etishi mumkin.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati 36 yoshli hujumchi bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmoqda. Futbolchining 31 million evrolik yillik maoshi Turin grandi uchun og'irlik qiladi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Ronaldu "Yuvetus"ga 2018 yilning yozida "Real"dan o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira