Tailandlik muxlislar bilan suhbat

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2022, 19:55
U-23 Osiyo Kubogi "S" guruhi 1-turidan olgan Tailand-Vetnam (2:2) uchrashuvidan keyin muxbirimiz tailandlik muxlislar bilan suhbat qurdi.

- O'zingizni tanishtiring...

- Mening ismim Suvadita. Men va akam Tailand jamoasi muxlislarimiz.

- Tailand – Vetnam (2:2) uchrashuvi haqida fikringiz...

- O'yin juda ham ajoyib bo'ldi .Biz bu o'yinda g'alaba kutgan edik, ammo durang ham yomon natija emas.

- Tailand jamoasi guruhidagi raqiblari xususida qanday fikrdasiz?

- Raqiblarimiz juda ham kuchli, ayniqsa, Janubiy Koreya. Ular Malayziya ustidan yirik hisobda g'alaba qozonishdi. Keyingi o'yin aynan ularga qarshi kechadi. Sevimli jamoamizga qiyin bo'ladi.

- Bu turnirda chempionlik uchun asosiy da'vogar qaysi terma jamoa deb o'ylaysiz?

- O'ylashimcha, Janubiy Koreya (akasining fikricha, Yaponiya). Ularda talaygina yulduzlar bor.

- O'zbekistonga kelguningizga qadar yurtimiz xaqida nimalarni bilar edingiz?

- O'zbekiston jamoasi "Osiyo oq bo'rilari" degan laqabga ega. Texnologik va strategik tarafdan tez rivojlanayotgan davlatligini eshitganman.

- Ob-havo borasida nima deya olasiz?

- Bu er issiq ekan, ammo Tailand yanada issiqroq (kuladi). Biroq bu erni ob-havosi Tailandnikidan quruqligi bilan farq qilar ekan va kechalari salqin bo'larkan.

- Yurtimizga qachon keldingiz?

- Bugun tongda.

- Milliy taomlarimizni tatib ko'rishga ulgurdingizmi?

- Ha, ammo nomi esimdan chiqdi. Guruch va go'shtdan iborat edi (palov - tahr.). Bu taomingiz juda mashhurligini eshitdim. 

Uchqun Azimov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia