"Surxon" belaruslik futbolchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 fev 2023
Jamoa safiga navbatdagi legioner qo'shildi.

Belaruslik Artyom Sokol 1994 yilning 30 martida tug'ilgan. Ampulasi – markaziy himoyachi. 

O'z faoliyatini Belarusning turli jamoalarda olib borgan. Bundan tashqari, Sokol UEFA Konferenciyalar Ligasida ishtirok etgan. Futbolchi yaxshi tajribaga ega va Belarusning turli yoshdagi terma jamoalarda o'ynagan.

O'z vaqtida, Sokol Shaxboz Umarov, Shaxzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov "Energetik-BGU" bilan bir jamoada harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia