"Surxon" 24 yildan beri Farg'onada "Neftchi"ga gol ura olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
22 okt 2023, 15:40
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv bo'lib o'tadi.

Farg'onada "Neftchi" va "Surxon" jamoalari kuch sinashishadi. 

Qiziqarli fakt shuki, "Neftchi" tarixda o'z maydonida hali "Surxon"ga mag'lubiyatga uchramagan. O'zaro 13ta o'yinning faqat bittasida durang natija qayd etilgan. "Surxon" o'z tarixida faqat bir marotaba "Neftchi"dan 3 ochko tortib olganini aytish mumkin. 

"Surxon" - "Neftchi" 2:1

15.06.1999. 14-tur

Gollar: Oybek Berdimurodov 1:0, Ravshan Do'rmonov 2:0 - Umid Isoqov 2:1

Termiz klubi so'nggi bor "Neftchi"ga mehmonda 2000 yilgi mavsumda gol urishni uddasidan chiqqan. 

"Neftchi" - "Surxon" 2:1

21.05.2000. 13-tur

Gollar: Sergey Ni 1:0, Umid Isoqov 2:0 - Sirojiddin Rahmatullaev 2:1

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia