Suriya terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2016, 09:56
1 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasida Suriyaga qarshi o'yin o'tkazadi.

O'zbekiston futbol federatsiyasining "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasining ma'lum qilishicha Suriya terma jamoasi Toshkentga yetib kelgan. Ijtimoiy tarmoqdagi xabar 28 dan 29 avgustga o'tar kechasi e'lon qilingan.

O'zbekiston - Suriya uchrashuvi 1 sentyabr kuni 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia