Superligada o'ynaydigan klublarning yillik smetasi kamida 25 milliard so'm bo'lishi shart

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2018, 14:51
Superligada ishtirok etuvchi futbol klublarining 2018 yilgi mavsumga xarajatlar smetasi 25 milliard so'mdan kam bo'lmasligi shart.

PFL bu borada qaror qabul qildi.

Shu bois 2018 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari talabnoma (zayavka) bilan birgalikda moliyaviy manbalaridan kafolat xati asosida ishlab chiqilgan xarajatlar smetasini taqdim etishi shart.

Xarajatlar smetasi 25 milliarddan kam bo'lgan futbol klublariga 2018 yilgi mavsumda Superligada ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia