Suares uchun mavsum yakunlandi

Mirjalol Normatov
9 may 2019
"Barselona" hujumchisi Luis Suaresda tibbiy jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi.

32 yoshli forvardning o'ng tizzasi operaciya qilinadi. Uning qachon safga qaytishi aniq emas.

"Marca" xabariga ko'ra, u 25 may kuni bo'ladigan Ispaniya kubogida qatnashmaydi. Shuningdek, u 14 iyun kuni start oladigan Kopa Amerikada ham ishtirok etmasligi mumkin.

Suares bu mavsumda "Barselona" tarkibida 49 o'yinda 25 gol kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca