Suares o'zining keyingi golini vafot etgan terma jamoaning sobiq fizioterapevtiga bag'ishlaydi

Aslanov Jasurbek
22 mar 2016, 15:18
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresning so'zlariga ko'ra, uning milliy jamoadagi navbatdagi goli sobiq fizioterapevt Valter Ferreyraga bag'ishlanadi.

Rakdan vafot etgan Ferreyra Suaresni og'ir damlarida qo'llab-quvvatlagan.

"Valter menga qiyin damlarda yordam bergan. Tizzamdagi jarohat tufayli Braziliyadagi JCHga bormayman deb o'ylagandim. O'zim ham shubhalanib qolgandim, ammo u meni bor kuchi bilan o'z kuchi va professionalligi bilan qo'llab turdi. Men vazifani uddaladim. O'sha paytda u kasal bo'lgan ekan, ammo buni yashirgan. Shu sababli Angliya terma jamoas darvozasiga urgan golimni unga bag'ishladim. Terma jamoadagi navbatdagi golimni ham Valterga bag'ishlayman" - deydi Suares.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo