"Suares ishi" 11 avgustdan uzoqqa cho'zilmaydi

Tolibjon Qosimov
7 avg 2014, 13:13
"Barselona" futbolchisiga aylangan Luis Suaresning yakuniy sud ishi yaqin vaqtlar ichida hal bo'ladi.
Malumotlarga ko'ra, Lozannadagi sport arbitraj sudi o'z qarorini 11 avgustdan kechiktirmaydi.

Eslatib o'tamiz, Luis Suares italiyalik futbolchi Jorjo Kellinini tishlab olgani uchun futboldan 4 oyga diskvalifikaciya qilingan. Futbolchining advokatlari diskvalifikaciya muddatini kamaytirish uchun apellyaciya bergan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com