Stoichkov: Neymarni “Real”da tasavvur qila olmayman

Aslanov Jasurbek
9 fev 2018, 01:46
Stoichkov: Neymarni “Real”da tasavvur qila olmayman

“Men Neymarni “Real”da tasavvur qila olmayman. Unga barcha ezgu tilaklarni bildiraman. Ammo u “Barselona”da to'p tepgan davrdagidek sovrinlarni yutishiga ishonmayman. Zidanning “Real”dan chetlatilishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga kelsak, bazida buyuklar ham futbolda aziyat chekadi.Zidanning buyuk murabbiy ekanligiga hech kimda, hech qanday shubha yo'q. Ammo u xotirjamlikni saqlashi kerak. Hech kim undan qo'lga kiritgan yutuqlarini tortib ololmaydi” deydi Stoichkov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo