Stiven Keshi: "G'alaba oson qo'lga kiritilgani yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
22 iyun 2014
Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiven Keshi Bosniyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men judayam hursandman. Biz nafaqat g'alaba qozondik, balki xarakter ham namoyish etdik.
O'yindan o'yinga tezlikni oshirib, kuchaytirmoqdamiz.
Agar Jeko so'nggi daqiqada gol urganda bunday kayfiyatda o'tirmagan bo'lardim. Lekin, futbolda nafaqat tajriba, balki, ozgina omad ham kerak bo'lar ekan", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net