Spaletti "Roma" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

12 yanv 2016, 00:10
"Zenit" va "Roma" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Luchano Spaletti yana faoliyatini Rimda davom ettirishi mumkin.


"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoasining so'nggi paytlardagi muvaffaqiyatsiz  o'yinlari uchun tez orada iste'foga chiqarilishi kutilmoqda. Uning o'rniga bosh nomzodlar orasida Luchano Spaletti bor. shuningdek, "Roma" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin bo'lgan murabbiylar ichida Marselo Belsa va Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli tilga olinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Sport