Spaich: "Ibragimovich bazida juda qo'pol hazil qiladi"

Aslanov Jasurbek
14 fev 2019, 12:11
"Krasnodar" va Serbiya terma jamoasi himoyachisi Urosh Spaich unga qarshi o'ynagan eng yaxshi hujumchi kim ekanligini aytdi.

"Ibragimovich - birinchi raqamli hujumchi. Unda hujumchi uchun kerak bo'ladigan barcha sifatlar bor: Kuch, texnika, zarba. Falkao "Monako"ga kelganida yaxshi o'ynardi, yirtqichdek kuchli edi. Ammo Zlatan baribir eng zo'ri. Unga qarshi bir necha marta o'ynaganman. Bu mashina hozir ham AQSHda ajoyib natijalar qayd etmoqda. Zlatan serbcha gapiradi, o'yindan so'ng suhbatlashganmiz. Ammo u juda qo'pol hazil qiladi... Qandayligini aytmanman. Bu haqida gapirmaganim yaxshi" - deydi serbiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24