“So'g'diyona” qisqa muddatli tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2017, 11:48
Milliy terma o'yinlari sabab jamoaning “Nasaf”ga qarshi bahsi qoldirilgan edi.

Shu paytga qadar Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoa “So'g'diyona” qarorgohida va stadionida ikki mahal mashg'ulotlarni olib borayotgan edi.

Bugun murabbiylar shtabi jamoaga qisqa muddatli tanaffus berishga qaror qildi. Jamoa 2 sentyabr kuni kechga “So'g'diyona” qarorgohida yig'iladi va 20-turdagi raqibi “Obod”ga qarshi tayyorgarlikni davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, “Obod”ga qarshi bahs 7 sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz