Smolov Rossiyaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 15:18
"Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov "Futbol" haftalik gazetasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ovoz berish jarayonida matbuot-xizmati va yetakchi OAVning 308 nafar jurnalisti ishtirok etdi.

Ovoz beruvchilar yilning eng yaxshi uchu futbolchisini aniqlashdi. Har bir birinchi o'rin uchun 3 ochko, ikkinchi o'ringa 2, uchinchi o'ringa esa 1 ochko berildi. Smolov 544 ochko ishladi.

1.Fyodor Smolov ("Krasnodar") - 544 ovoz

2.Kvinsi Promes ("Spartak") - 419

3.Igor Akinfeev (SSKA) - 168

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com