Sluckiy ingliz klubini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2017
SSKA sobiq bosh murabbiyi Leonid Sluckiy "Xall Siti"ni boshqarishi mumkin.

May oxirida "yo'lbarslar" rahbariyati Marko Silvani iste'foga chiqargan edi va hozir ular yangi mutaxassis qidirishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Leonid Sluckiy ushbu joy uchun asosiy nomzod. "Xall Siti" so'nggi mavsum yakunlariga ko'ra, Premer-ligani tark etadi.

Eslatib o'tamiz, 1 iyun kuni 46 yoshli mutaxassis Buyuk Britaniyada ishlashga ruhsat olishi kerak edi. Oldinroq Sluckiyning xizmatlariga "Uotford" qiziqish bildirgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror