
"Real" De Xeani transfer qilishni istaydi. Ammo bir tomon buni xohlasa ham buni uddalash qiyin. David dunyodagi eng yaxshi darvozabon ekanligini isbotlab bo'ldi.
Uning Madrid jamoasiga o'tish istagi borligini to'g'ri tushunamiz. Ammo David uchun "Real" bilan o'tadigan YCHL mavsumi juda qiyin bo'ladi.
Ammo "Yunayted" De Xeaga hozirda har doimgidan ham muxtoj. Lukaku yoki boshqa futbolchilarga tayanib bo'lmaydigan uchrashuvlarda David o'zini ko'rsatmoqda. Lukaku esa doimo bosim ostida o'ynamoqda.
Bir necha marta Yevropa ligasi finalida o'ynab, g'oliblikni qo'lga kiritgan "Sevilya"ni birgina De Xeaning o'zi to'xtata oldi deb ayta olaman", - dedi Skoulz.