
Men 2002 yildagi Jahon chempionatidagi tanlagan tarkibimdan ko'pchilik qoniqmasligini avvaldan bilgandim. Shu uchun o'sha paytda men boshqa, hech kim bilmaydigan mehmonxonada turganman. Hozir vaziyat biroz boshqacharoq. Bu yilgi mundialda tarkibni tanlashda katta qiyinchiliklarga duch kelmadim. Bu yili kechalari ko'chalarni sayr qilishim ham mumkin. Kimgadir balki men tanlagan tarkib yoqmasligi mumkin. Lekin bu tabiiy holat.