Sinisha Mixaylovich: "Eto'O uzr so'radi, muammo yo'q"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2015, 12:48
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich takidlashicha, mutaxassis Samuel Eto'O bilan kelishib oldi.

Oldinroq Eto'O va Sinisha Mixaylovich orasidagi munosabat yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Samuel o'zining harakatlari uchun uzr so'radi, u bilan muammo yo'q. Eto'O o'z faoliyati davomida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan, shu sababli u jamoaga foyda keltirishiga ishonaman. Ammo u hozircha formada emas, shu sababli futbolchi mashg'ulotlarda tek to'kishi kerak" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru