Simone Indzagi "Manchester Yunayted"ga rad javobini berdi

Administrator
8 yanv 2026
Indzagi "Manchester Yunayted"da ishlashni xohlamadi.

Tuttosport xabar berishicha, ingliz klubi vakillari "Al Hilol" bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan bog'lanib, uni APLdagi eng yuqori maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylantirishni taklif qilgan. Buning uchun yiliga taxminan 15 million funt sterling berishga tayyor ekanliklarini aytishgan.

Ma'lum qilinishicha, Saudiya klubi bilan ikki mavsumga 50 million evrolik shartnoma imzolagan italiyalik murabbiy bu taklifni rad etgan. Indzagi hozirgi ishiga e'tiborini qaratishni istaydi.

"Al Hilol" Saudiya Arabistoni chempionatida 12 turdan so'ng 32 ochko to'plab, peshqadamlik qilmoqda hamda Elit Chempionlar Ligasida o'z guruhining barcha olti o'yinida g'alaba qozongan.


AdministratorMuallif
Manba: Tuttosport