

“Luis bilan noyabrda gaplashgandim. Bu uzoq, jiddiy, ammo samimiy suhbat bo'ldi. Har ikki tomon o'z kelajagi va bugunini qanday ko'rishi haqida gaplashdik. O'shandan boshlab bir-birimizning qarorimizni xurmat ko'rsatdik. Shu sababli, undan cheksiz minnatdorman”, deydi argentinalik mutaxassis.
Suares joriy mavsum “matraschilar” safida 43 bahsda qatnashib, 13+2 natijaga erishdi. 2019 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilmoqda.



