Simeone: "Siti" vaqtni cho'zgani haqida hech narsa deya olmayman"

Sherzod Nurmatov
14 apr 2022, 21:20
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone YCHL 1/4 finali javob uchrashuvi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin (0:0) haqida fikr bildirdi.

"Jamoamiz oxirigacha kurash olib borgani bilan faxrlanishimiz mumkin. Bu bizni xotirjam qiladi, chunki biz durang o'ynamaslik uchun hamma narsa qildik.

"Siti" vaqtni cho'zgani uchun olqishladimmi? Yo'q, men jamoaning say-harakatlarini qadrlagan muxlislarni olqishladim. Qanday qilib bunday odamlarga qarsak chalmasligim mumkin?

"Siti" vaqtni cho'zgani haqida hech narsa deya olmayman. Qoidalarga amal qilishni talab qiladigan hakam bor. Keyingi bosqichga chiqqan raqibni tabriklashimiz kerak, chunki ular bizdan ko'ra bitta ko'p gol urishdi", – dedi argentinalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror