Simeone: "Oblak jahonning eng yaxshi darvozaboni"

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2019, 12:02
"Atletiko" bosh murabiyi Diego Simeone jamoa darvozaboni Yan Oblak haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oblak - jahonning eng yaxshi darvozabonidir. Uning "Atletiko"ni tanlagani bizning omadimizdir. Yan biz bilan birga yanada kuchaydi. Bir necha yil oldin kelib, o'z mehnatlari evaziga Chempionlar ligasida maydonga tusha boshladi.

Grizmann? U bizning sardorimiz. Klub uni olib qolish uchun katta kuch sarfladi. U Madridda baxtli. Antuan - "Atletiko"ning juda muhim futbolchisi", - dedi argentinalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com