

"Biz yaxshi o'ynayapmiz, ammo kerakli natijaga erisha olmayapmiz. Yana ko'p vaziyat yaratdik, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi. Oldinga chiqib olish uchun yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi.
Qayerdadir xato qilyapmiz va buni loyiq bo'lmagan mag'lubiyatlar bilan to'layapmiz.
Ko'p holda loyiq bo'lmagan o'yinlarimizda g'alaba qozonamiz, hozir esa g'alabaga loyiq bo'la turib, yutqazyapmiz. Xotirjamlikni saqlab qolib, tiklanishimiz kerak. Bu bizga kerak. Xotirjamlik bizga foyda bo'ladi", - dedi Simeone.



