Silva "Chelsi"dan yangi shartnoma olishni xohlamoqda

Alisher
13 noya 2020, 18:49
"Chelsi" himoyachisi Tyago Silva London klubi bilan 1 yillik shartnomasini uzaytirmoqchi.

Silva Premer-ligaga osongina moslashdi va "Chelsi" himoyasida Kurt Zuma bilan birgalikda yaxshi o'ynamoqda.

Silvaga Frenk Lempard qo'l ostida o'ynash juda ham yoqmoqda. Angliyalik murabbiy Tyago bilan ko'p gaplashmoqda va o'z tajribasi bilan o'rtoqlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Tyago Silva "Chelsi"ga yozda PSJdan erkin agent maqomida o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talksport.com